Bitiruvchi sinf o‘quvchilarini hunarga tayyorlash bo‘yicha 46 ta kasb ro‘yxati tuzildi
Yangi tizim asosida umumta’lim maktablari bitiruvchilari kasb egallashiga ko‘maklashiladi.

Foto: eduuz
Umumta’lim maktablari 10–11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish, qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, kelajakda egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish maqsadida bitiruvchilar kasb egallashiga ko‘maklashuvchi yangi tizim joriy etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorlikda 10–11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha 46 ta kasb ro‘yxatini tuzdi.
Ushbu kasblarni 10–11-sinf o‘quvchilariga o‘qitish uchun umumiy o‘quv yuklama soatlari, kasb murakkabligidan kelib chiqib, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqildi.
Mazkur me’yoriy hujjatlardan 2022/2023 o‘quv yilida 10–11-sinf o‘quvchilarini kasbga o‘rgatishda foydalaniladi.
Me’yoriy hujjatlarni edu.profedu.uz platformasi orqali ko‘chirib olish mumkin.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

07:40 / 16.04.2025
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

16:51 / 02.04.2025