Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma’muriy sudlarga o‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanishi mumkin
Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritishni “sud faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ish haqiqiy holatlarini aniqlash uchun o‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’yektiga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyati doirasida ishtirok etishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish mo‘ljallangan.
Sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmagani sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazish kabi normalar ham o‘z aksini topgan.
Majlisda deputatlar tomonidan loyihadagi ayrim moddalarni maromiga yetkazish zarurati borligi aytildi. Qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.
Mavzuga oid

09:45
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

14:39 / 24.07.2025