Keniyaliklar Britaniya hukumatini sudga berdi
Keniyaning Kericho regionida yashovchi aholi mustamlakachilik davrida choy yetishtiriladigan yerlari egallab olingani uchun kompensatsiya olish niyatida.

Foto: AP
Bir guruh keniyaliklar Britaniya hukumatini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga berdi.
Keniyaning Kericho regionida yashovchi aholi Buyuk Britaniyadan 200 milliard dollar kompensatsiya undirmoqchi.
Da’vo arizasida aytilishicha, 19 asrda ikki qabila a’zolari o‘z yerlaridan quvg‘in qilingan va bu yerlar choy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan. Ulardan tortib olingan yerlar hozirda transmilliy korporatsiyalarga tegishli va yiliga millionlab dollar foyda keltirmoqda.
Shu sababli keniyaliklar mustamlakachilik davrida choy yetishtiriladigan yerlari egallab olingani uchun kompensatsiya olish niyatida.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1963 yilgacha davom etgan Britaniya mustamlakachiligi davrida Kerichoda yashovchi yarim milliondan ortiq keniyaliklarning huquqlari poymol qilingan.
Keniya choy eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

10:49 / 10.06.2025
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi

14:10 / 09.06.2025