O‘zbekistonda qulupnayni yil bo‘yi yetishtiruvchi Koreya texnologiyasi joriy etiladi
22 avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Koreya qishloq birlashmasi korporatsiyasi Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati bo‘yicha Koreya agentligi (EPIS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va EPIS o‘rtasida yangi loyihani boshlash bo‘yicha kelishuv imzolandi. Yil bo‘yi qulupnay yetishtirish bo‘yicha zamonaviy Koreya texnologiyalarini joriy etish loyihasi Koreya hukumatining rivojlanish bo‘yicha rasmiy ko‘magi yo‘nalishida taqdim etiladigan grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. 3,7 mln dollar qiymatidagi loyiha 2026 yil dekabr oyiga qadar amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agroxizmatlar markazi (Yuqori Chirchiq tumani) hududida quyosh batareyalarida ishlaydigan qulupnay yetishtiruvchi zamonaviy issiqxona quriladi. Koreyalik mutaxassislar tomonidan ko‘chatlar uchun issiqxona hamda yuqori sifatli qulupnay ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha laboratoriya qurilib, jihozlanadi.
Loyiha davomida qulupnay yetishtirish bo‘yicha mutaxassislarning har yili o‘zaro tashriflari tashkil etilib, tajriba almashish va malaka oshirish ko‘zda tutilgan. Loyiha o‘zbek qulupnay mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda brendingi va marketingiga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid

15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi

10:55 / 19.03.2025