O‘zbekiston | 10:02 / 29.08.2022
14072
2 daqiqa o‘qiladi

Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkanadi

Foto: Dunyo

1 sentabr kuni AQSh va Kanada chegarasida joylashgan dunyoga mashhur Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi sharafiga respublika milliy bayrog‘i ranglariga burkanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekistonning AQSh va Kanadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, g‘arbiy yarim shar eng katta sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bezanishini 31 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (1 sentabr Toshkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda quyidagi ilovada tomosha qilish mumkin: www.earthcam.com/canada/niagarafalls/?cam=niagarafalls_str.

Niagara sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi.

Niagara Shimoliy Amerikada eng mashhur sharshara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Sharsharani ko‘rish uchun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.

Sharshara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni tashkil etadi. Undan tushayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara sharsharasini tunda yoritish uchun 1,4 mingta yoritgichdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni tashkil etish imkoniyatiga ega.

Mavzuga oid