Toshkent va Dushanbe poyezd chiptalari narxini 20 foizga arzonlashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Tojikiston «Dushanbe-Toshkent-Dushanbe» yo‘nalishida qatnovchi poyezd chiptalari narxini pasaytirishga kelishib oldi. Narx 20 foizga pasayadi.

Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati va «Rohi ohani Tojikiston» rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida tegishli kelishuvlar tuzildi.
«2022 yil 6 sentabrdan boshlab 301/302-sonli Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdi chiptasi narxiga qo‘shimcha 20 foiz chegirma taqdim etiladi», — deyiladi «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabarida.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi poyezd joriy yilning 20 iyun kuni yo‘lga qo‘yilgan edi. U 10 ta vagondan iborat: 4 ta kupe, 5 ta platskart va vagon-restoran.
Toshkentdan Dushanbegacha bo‘lgan temiryo‘l masofasi - 916 km. Poyezd dushanba kuni Dushanbedan jo‘nab, Toshkentga seshanba kuni soat 13:43 da yetib keladi. Seshanba kuni soat 16:15 da Toshkentdan jo‘nab ketadi va chorshanba kuni Dushanbega yetib boradi.
Platskart uchun chipta narxi 340 670 so‘m (taxminan 312 somoniy), kupe - 417 040 so‘m (taxminan 383 somoniy).
Mavzuga oid

18:00
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

10:00 / 11.04.2025
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

20:13 / 13.03.2025