Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9 sentabr kuni soat 06:05 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 avtomobil yo‘lining 38 kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Do‘stlik—Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia qarama-qarshi yo‘nalishdagi GAZ-330 yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi va old o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Voqea joyiga zudlik bilan boshqarma yong‘in-qutqaruv otryadidan qutqaruvchilar bo‘linmasi yetib kelib, ularni maxsus uskunalar yordamida chiqarib olgan.
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025