Hukumat «O‘zaviatsiya»ning asosiy vazifalarini tasdiqlaydi

Foto: Kun.uz
“Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, agentlik fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada havo kemalari parvozlari xavfsizligini, noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida Transport vazirligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Quyidagilar agentlik asosiy vazifalari hisoblanadi:
- havo hududidan foydalanuvchilarning O‘zbekiston havo hududidan xavfsiz foydalanishlari, parvozlar insonlar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini ta’minlash, o‘z vakolatlari doirasida havoda harakatlanishga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishini va O‘zbekiston havo hududidan foydalanishni nazorat qilish;
- O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi va uning obektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini, aviatsiyani noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish choralarini amalga oshirish orqali havo kemalari yo‘lovchilari hamda ekipaj a’zolari hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash;
- parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlash ishlarini tashkil etish va ta’minlash;
- fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib borish;
- xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etish.
Mavzuga oid

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

11:43 / 10.04.2025
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

22:08 / 26.03.2025
Prezidentga Toshkentni Samarqand va Andijon bilan bog‘lovchi muqobil yo‘l loyihalari haqida axborot berildi

11:09 / 26.03.2025