Zelenskiy: Ukrainaning muvaffaqiyatlari Liman bilan cheklanib qolmaydi
Ukraina Qurolli kuchlarining aholi punktlarini ozod qilishdagi muvaffaqiyati Liman bilan cheklanib qolmaydi. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy videomurojaatida ma’lum qildi.

Foto: Ukraina prezidenti axborot xizmati.
Donetsk oblastidagi ushbu shaharning ozod qilingani haqidagi voqea ommaviy axborot vositalari orasida eng keng tarqalgan hodisaga aylandi, deya qo‘shimcha qildi u.
Shunday qilib, 129-hududiy mudofaa brigadasi Xerson oblastining Arxangelskoye qishlog‘i va Mirolyubovka qishlog‘ini ozod qildi, dedi Zelenskiy.
Bundan tashqari, davlat rahbari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR» hamda Zaporijjya va Xerson oblastlarining bosib olingan qismlarida o‘tkazilgan «referendumlar»ni tilga oldi.
«Ukraina bayrog‘i qaytganida - hech kim Rossiyaning qandaydir qog‘ozlari va annexiasi bilan bog‘liq farsini eslamaydi ham. Albatta, Ukraina huquq-tartibot idoralari bundan mustasno», - deya ta’kidladi Zelenskiy.
Bundan oldin Ukraina harbiylari Donetsk oblastining Liman shahri yaqinidagi beshta aholi punktini ozod qilgandi.
Sharqiy qo‘shinlar guruhi vakili Sergey Cherevatiyning so‘zlariga ko‘ra, Yampol, Novoselovka, Shandrigolovo, Drobishevo, Stavki aholi punktlari ozod qilingan.
Mavzuga oid

21:30 / 26.04.2025
Dafn marosimi va urush

19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

21:29 / 23.04.2025