O‘zbekiston | 11:21 / 27.10.2022
1341
1 daqiqa o‘qiladi

EIZ ma’muriy kengashlarini tugatish vakolati erkin iqtisodiy zona direksiyasiga beriladi

O‘zbekiston prezidenti va hukumati ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Prezident va hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi:

  • erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlarini tugatish hamda ular aksariyat vakolatlarini erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga berish;
  • kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va bino-inshootlarni xususiylashtirish bo‘yicha tartibni belgilash;
  • kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini va bino inshootlarini ijara yoki mulk huquqi asosida E-auksion elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish tartibini joriy qilish.

Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev zimmasiga yuklatiladi.

Mavzuga oid