Samarqandda 999,9 probali sof oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Ikki nafar fuqaro qariyb yarim kilogramm sof oltin quymasini 287,3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Foto: Prokuratura departamenti
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosi oldini olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, “Sultonobod” MFY hududida fuqaro B.ga og‘irligi 474,75 gramm bo‘lgan 1 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni 287,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi 999,9 probali sof oltin ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyatida joylashgan «Yuqori nuqta» muntazam YPX maskanida qimmatbaho oltin bo‘laklarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan fuqaro ushlangandi.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

13:02 / 10.05.2025
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025