O‘zbekistondan oyoq kiyimlarini eng ko‘p sotib olayotgan davlat ma’lum qilindi
O‘zbekiston 19 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan.

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,2 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oyoq kiyimlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 618,3 ming juftga kamaygan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 9,2 mln juft.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Tojikiston – 5,3 mln juft;
- Qozog‘iston – 5,3 mln juft;
- Afg‘oniston – 596 ming juft;
- Rossiya – 418 ming juft.
2022 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 14,1 mln;
- Farg‘ona viloyati – 7,1 mln;
- Samarqand viloyati – 6 mln;
- Toshkent viloyati – 1,1 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025