Samarqand viloyatida 19 nafar profilaktika inspektori tizimdan haydaldi
Bu «uchastkovoy»lar fuqarolardan pul talab qilgani, ish vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyatida 19 nafar profilaktika inspektori Ichki ishlar tizimidan haydaldi. Bu haqda viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek xodimlar o‘rtasida xizmat intizomiga va qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda viloyatdagi barcha tuman va shahar IIB boshqarma va bo‘limlarida ishlovchi xodimlar bilan birga doimiy ravishda kamchilikka yo‘l qo‘yib kelayotgan xodimlarning ota-onalari videoselektor ko‘rinishida ishtirok etgan.
Viloyat IIB boshlig‘i intizomga va qonunchilikka rioya etmayotgan xodimlarni qattiq tanqid qilib, ularga sohada o‘rin yo‘qligini aytgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlari va boshqa xodimlar fuqarolar bilan muloqaot davomida xushmuomala bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida ichki ishlar organlari sha’niga putur yetkazib, fuqarolardan pul talab qilgan, sababsiz ishga chiqmagan, xizmat vaqtida spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan 19 nafar profilaktika inspektori ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan.
«Ichki ishlar xodimi fuqaroning xizmatkori. Xizmat intizomini buzma, fuqaro bilan xushmuomala bo‘l. Qo‘linga tushgan arizani vaqtida qonun doirasida tekshir deb bir necha marta takrorlaganman. Qachongacha bularga amal qilmagan xodimni kechiramiz. Bundan keyin bunday jazo bo‘lmaydi, xodim tizimdan ketadi» degan R.Mamatov.
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

13:52 / 09.03.2025