Ukrainadagi urushning O‘zbekistonga iqtisodiy ta’siri xavotir olingan darajada salbiy bo‘lmadi - ekspertlar
Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, hukumat avvalo oziq-ovqat narxlaridan xavotir olgan va hozirda vaziyat ancha yaxshilangan; qolaversa, kutilmalarga ters ravishda RFdan pul o‘tkazmalari kamayib ketishi ham ro‘y bermagan. Urushning O‘zbekistonga ta’siri borasida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidentlari ham fikr bildirdi.

Foto: Uzbekistan Economic Forum
Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida birinchi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda Ukrainadagi urushning mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri mavzusi ham muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“O‘zbekiston – rivojlanayotgan, qarz oluvchi davlat”

Jamshid Qo‘chqorov, bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri:
— Hozirda murakkab bir davrda yashayapmiz. Geosiyosiy vaziyatning yomonlashishi sababli global bozorlarda va ta’minot zanjirlarida uzilishlar kuzatildi. Oziq-ovqat narxlari oshdi. Jahon bankidagi hamkasblarimiz bilan birgalikda, ushbu holatning O‘zbekistonga ta’sirini ham muhokama qildik.
Biz uchun birinchi darajada xavotirli vaziyat – oziq-ovqat narxlarining oshishi bilan bog‘liq edi. Ko‘plab mamlakatlarda oziq-ovqat cheklovlari o‘rnatildi. Bugungi kunga kelib vaziyat ancha yaxshilandi, qo‘shnilarimiz va savdo hamkorlarimiz bilan bu murakkab jarayonda birgalikda harakat qildik.
Dastlab Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmining tushib ketishidan xavotir bo‘lgan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Umumiy holatimizni yaxshilash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganib chiqyapmiz.
Ilg‘or rivojlangan davlatlar ham retsessiya xavfi haqida gapirmoqda. O‘zbekiston – rivojlanayotgan, qarz oluvchi davlat. Hozirgacha 3,7 foiz obligatsiyalarimizni chiqardik. Ular ikkilamchi bozorda 8,5 foiz marja bilan sotilmoqda. Bu ham biz uchun yaxshi ko‘rsatkich. O‘zbekiston ham jahon iqtisodiyotining bir qismi, bo‘layotgan jarayonlardan chetda tura olmaymiz.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosiy aloqalarni ham yaxshilashi zarur”

Jihod Azur, Xalqaro valuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori:
— Joriy yilda oziq-ovqatning qimmatligi va mavjudligidan tashqari, uni sotib olish ham muammoga aylandi. Jahonda yuz berayotgan buhronlar barcha mamlakatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu sababdan qanday qilib o‘rta muddatli istiqbolda vaziyatni yaxshilash mumkinligi bo‘yicha ishlayapmiz. Buning uchun tuzilmaviy islohotlar kerak. Ta’minot manbalarini difersifikatsiya qilib, qo‘shimcha manbalar topishga harakat qilinishi zarur.
Birinchi navbatda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘zaro hamkorlikni oshirishlari kerak. Ayni paytda bu borada juda yaxshi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Bunda iqtisodiy hamkorlikdan tashqari, siyosiy aloqalarni yaxshilash ham muhim omil hisoblanadi”.
“Katta va o‘rta korxonalarni xususiylashtirish sekinlashib qoldi”

Anna Berde, Jahon banki vitse-prezidenti:
— O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda ko‘plab yaxshi islohotlar o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, oldinga yurish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar hali ham ko‘p.
2017 yilda boshlangan islohotlarni amalga oshirishning ketma-ketligini tanlashda to‘g‘ri yondashildi. Ammo ba’zi jihatlarga e’tibor qaratish zarur.
Katta va o‘rta korxonalarni xususiylashtirish sekinlashib qoldi. Bu borada hali juda ko‘p ish qilish mumkin. Shuningdek, inson rivojlanishi borasidagi islohotlarni amalga oshirish ham ustuvor ahamiyat kasb etishi kerak.
Bir necha hafta oldin, Jahon banki mintaqa uchun yangilangan prognozni e’lon qildi, bu 2022 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ijobiy. Birinchidan, Ukrainadagi urush kutilganidan kamroq ta’sir ko‘rsatdi. Mintaqa mamlakatlari tovar va xizmatlar eksportini oshirdi. Yana bir kutilmagan ta’sir – minglab fuqarolarning boshqa joyga ko‘chirilishi tufayli kapital oqimining ko‘payishi bo‘ldi.
Mavzuga oid

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi

18:12 / 07.03.2025