Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Bosh prokuratura departamenti
Toshkent viloyatida tadbirkorning 500 dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura departamenti.
Departament va DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan Nurafshon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i F.A. «T.M.» oilaviy korxonasiga tegishli ikkita savdo do‘konining texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga korxona rahbari J.Sh.dan 500 dollarni firibgarlik bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

07:53 / 23.04.2025
Toshkent viloyatida o‘tkir tig‘larni noqonuniy olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

23:28 / 18.04.2025