Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligi ma’lum qilindi

Foto: AP
Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishga tayyor. Bu haqda 8 noyabr kuni Italiyaning La Stampa gazetasi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Vatikan o‘z hududini tegishli muzokaralarni o‘tkazish uchun neytral joy sifatida taklif qilyapti.
Bunday tashabbusga tayyorlik Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning 24 oktyabr kuni Vatikanda Fransisk bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qilindi.
Avvalroq Rim katolik cherkovi rahbari papa Fransisk Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekani xabar qilingandi.
Katoliklar rahbari Moskvaga borganidan keyingina Kiyevga borishi mumkinligini aytgandi.
«Hozircha Kiyevga bormayman. Avval Moskvaga borishim, Putin bilan uchrashishim kerak. Lekin men ruhoniyman, qo‘limdan nima keladi? Qo‘limdan kelganini qilyapman», - degan Rim papasi.
Mavzuga oid

23:50 / 31.07.2025
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi

23:05 / 31.07.2025
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

19:59 / 31.07.2025
Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy qilindi

19:09 / 31.07.2025