Turkiy tashkilot tashqi ishlar vazirlari navbatdagi yig‘ilishi Qozog‘istonda o‘tkaziladi
Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari, TDT bosh kotibi hamda TDT tuzilmalari – TURKSOY, TurkPA, Xalqaro turkiy akademiya, Xalqaro turkiy madaniyat va merosi fondi rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirlari jahonda ro‘y berayotgan voqealar jadalligi va xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar TDTni zamonaviy voqelikka doimiy moslashtirish zaruriyatini taqozo etishini ta’kidladi. Ishtirokchilar bugungi kun tobora kuchayib borayotgan tahdidlarini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida strategik masalalar bo‘yicha tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Vazirlar o‘z nutqida ochiqlik, tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga, TDT doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish mutlaq tarafdori ekanini ta’kidladi. Ular TDT makonida xavfsizlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash eng muhim omillaridan biri Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatlarda tartibga solish haqidagi pozitsiyani yana bir bor tasdiqladi.
Tadbir yakunida TDTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari navbatdagi yig‘ilishini 2023 yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid

18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

01:52 / 03.05.2025
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi

12:53 / 02.05.2025