Avvalgilariga o‘xshamagan Superliga. Yakun va kelasi mavsum haqida #Boricha
Intrigalarga boyligi, deyarli har turda peshqadamlar o‘zgargani bilan yodda qolgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Chempionlikka 6 jamoa da’vogarlik qilayotgandi. Ammo 20-turlarga kelganda OKMK, «Qizilqum» va «So‘g‘diyona» «o‘yindan» chiqishdi. «Paxtakor», «Navbahor» va «Nasaf» o‘rtasidagi kurash esa so‘nggi turgacha davom etdi. Yakunda raqiblaridan tajribali bo‘lgan Toshkent jamoasi 15-bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va logotipidagi yulduzlar sonini 3taga yetkazdi. «Dinamo» va «Qo‘qon-1912» Pro ligaga tushib ketdi, «Lokomotiv» esa yuqori divizionda qolish uchun o‘tish bahsida o‘ynaydi.
- Xo‘sh, bir tur avval 1-o‘rinda turgan «Nasaf»ga peshqadamlikni saqlab qolish uchun nima yetishmadi?
- «Paxtakor» nimaning hisobiga chempion bo‘ldi?
- Babayan boshqaruvidagi «Navbahor» OChLda qanday qatnashadi?
- «Lokomotiv»ning maqsadi bormi?
- Superligada intriga kuchaydi, ammo saviya-chi?
- Milliy jamoaga nega «Nasaf»dan ko‘proq o‘yinchilar chaqirilgan? Katanets nimani ko‘zlayapti?
Podkastimizda shu kabi savollarga javob berishga harakat qildik. Dastur mehmonlari — sharhlovchi Xayrulla Hamidov va jurnalist Jamoliddin Bobojonov.
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda

17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi

19:03 / 18.11.2024