Samarqandda 5ta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Damas haydovchisi halok bo‘ldi
Katta tezlikda harakatlangan Lada Granta o‘zidan oldinda ketayotgan Cobalt’ning orqa tomoniga qattiq zarb bilan urilgan. Oqibatda yana uchta mashina YTH ishtirokchisiga aylangan.

Foto: IIV YHXBB
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 21 noyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida beshta mashina ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani "Mullako‘rpa" MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda Lada Granta rusumli mashina haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, o‘zidan oldinda ketayotgan Cobalt mashinasining orqa tomoniga qattiq zarb bilan urilgan.
Oqibatda o‘sha atrofda bo‘lgan:
- 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas;
- 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti;
- 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Tico mashinasi YTH ishtirokchisiga aylangan.
Hodisa oqibatida Damas mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:02
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

13:02 / 10.05.2025
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

18:06 / 09.05.2025