O‘zbekiston | 11:22 / 23.11.2022
5405
2 daqiqa o‘qiladi
Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi
Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, qator xodimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:
- homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
- zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholi ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
- davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
- tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari;
- o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
- 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
- ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
- jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida va ish beruvchi ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Mavzuga oid

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

11:36 / 12.04.2025
Talabalarni ishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

13:52 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi

12:55 / 08.04.2025