Davlat organlari pochta jo‘natmalarini yagona milliy tizim orqali yuboradi
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yo‘llanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obektlari tarmog‘i orqali yetkazib beradi.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta jo‘natmalari yagona milliy tizim orqali yo‘llanadi:
- yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, ular tomonidan yo‘llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
- to‘lov xabarnomalari va bildirishnomalar;
- chaqiruv qog‘ozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijalari;
- ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlar.
Mavzuga oid

10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi

17:38 / 05.11.2024
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yiladi

12:04 / 02.01.2024
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqildi

07:42 / 29.11.2023