O‘zbekistonda dekabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 daraja sovuq bo‘ladi. Shimolda harorat -10 darajagacha tushadi.
O‘zbekiston hududiga 1–5 dekabr kunlari sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 3–5 dekabr kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4–7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja iliqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari 10–13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 4–7 daraja sovuqqacha pasayadi.
Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 4–7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja iliqqacha pasayadi.
Mavzuga oid

12:32 / 24.04.2025
25 aprel kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi

10:59 / 21.04.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

15:20 / 20.04.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilayotgani ma’lum qilindi

16:21 / 18.04.2025