AQSh Rossiyaga zarba bermaslik uchun Ukrainaga yetkazilayotgan HIMARS imkoniyatlarini qisqartirdi
Bu bilan Qo‘shma Shtatlar Ukraina – Rossiya urushida bevosita ishtirok etish ehtimolini pasaytirishga urinmoqda.

Foto: Stephen Kalin
AQSh Ukraina mojarosida bevosita ishtirok etish ehtimolini kamaytirish va Rossiyaga raketa hujumini imkonsiz qilish uchun Ukrainaga yetkazilgan HIMARS raketa tizimlarining dasturiy ta’minotini yashirincha o‘zgartirgan.
«Yuqori mansabdor shaxs so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga berilgan HIMARS tizimlarini Rossiyaga uzoq masofali raketalarni uchirishda qo‘llamaslik uchun yashirincha o‘zgartirgan», — deyiladi The Wall Street Journal (WSJ) xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa tizimlari uzoq masofali raketalarni, shu jumladan, Rossiya hududlariga yetib borishga qodir ATACMS raketalarini uchirish imkoniyatidan mahrum qilingan.
Bu o‘zgarish Ukrainaga hatto boshqa manbalar orqali olingan uzoq masofali raketalardan HIMARS tizimlarida foydalanish imkonini bermaydi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46