O‘zbekistonda noyabr oyida qancha tug‘ilish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
2022 yil noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar sonida Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 9 829 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 9 154 ta hamda 8 847 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Surxondaryo viloyati – 7 658 ta;
- Andijon viloyati – 7 602 ta;
- Namangan viloyati – 7 489 ta;
- Toshkent viloyati – 6 182 ta;
- Toshkent shahri – 6 024 ta;
- Xorazm viloyati – 4 614 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 4 069 ta;
- Buxoro viloyati – 4 052 ta;
- Jizzax viloyati – 3 485 ta;
- Navoiy viloyati – 2 230 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 962 ta.
Mavzuga oid

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025