Poyezd urib ketishi tufayli 17 yoshli o‘smir vafot etdi
Toshkent - Salar temiryo‘l bekatlari oralig‘ida poyezd urib ketishi oqibatida 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bekatdan quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 20 dekabr kuni soat 17:37 da Toshkent — Salar temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 3365-km 5−6-to‘siqlari orasida mashinist boshqaruvida bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi 2005 yilda tug‘ilgan, 17 yoshli voyaga yetmagan shaxsni urib ketgan.
Hodisa joyi o‘rganilganda hudud temiryo‘lning fuqarolar kesib o‘tishi taqiqlangan joy ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, bola temiryo‘lning belgilanmagan qismidan qulog‘iga quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan bo‘lgan.
Hodisa oqibatida o‘smir jiddiy tan jarohati olgan va voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid

18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:38 / 24.04.2025
Qaysi to‘lovlarni to‘liq naqdsiz shaklga o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

22:21 / 08.04.2025