JCh-2022 paytida Messi yashagan xona muzeyga aylanadi
Argentina milliy jamoasi sardori va «PSJ» hujumchisi Lionel Messining Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati paytida yashagan xonasi muzeyga aylantiriladi.

Foto: AP
Xona Dohadagi Qatar universitetida joylashgan. Muzeyning ochilish sanasi hali e’lon qilinmagan.
Qayd qilinishicha, Messi yashagan xona ikkita bir kishilik karavot, tor stol, g‘ildirakli kreslo, televizor, sariq yostiqchali kulrang divan va qalin pardalar bilan jihozlangan. Uning eshigiga Argentina milliy jamoasi gerbi va «L.Messi» yozuvi tushirilgan. Messi ketganidan keyin xona o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina milliy jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Lionel Messi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Mavzuga oid

17:44 / 14.05.2025
Yamal Messining yoshligidan kuchliroqmi?

20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi

20:13 / 02.05.2025