Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda uch kishi halok bo‘ldi
Katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni soat 20:00 larda 4R-43 Marjonbuloq-Qo‘shrabot avtomobil yo‘lining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan 99-kilometrida sodir bo‘lgan.
Nexia-3 haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, yo‘lning qiya burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Spark haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025