“Hamma sharoit turistlarga, o‘zimizning xalq-chi?” - buxoroliklar markaziy stadionni buzmaslikni so‘ramoqda
Buxoro shahri markazi, xususan markaziy stadion buzilib, o‘rniga sayyohlik majmuasi qurilishi, bu masalada aholi bilan hech qanaqa maslahatlashuv o‘tkazilmagani buxoroliklarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bir guruh fuqarolar bu borada prezidentga murojaat bilan chiqdi.

Foto: Videodan kadr
Murojaatchilardan birining aytishicha, bu stadionga har kuni sportchilar, 1200 nafar bola va 50ga yaqin murabbiy kelib shug‘ullanadi.
“Bundan tashqari, milliy gvardiya, ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari – hammasi mashg‘ulotlarni shu yerda o‘tkazadi, o‘zlarining jismoniy holatini shu yerda tiklaydi. Bu yerda “Buxoro” futbol jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. Biz “Buxoro” jamoasi Superligaga chiqqanida quvongan edik.
Viloyat hokimi Xorazmdagi o‘yindan keyin qo‘llab-quvvatlashni va’da bergan. Bu holatga qanday qaraylik, yana sarson bo‘laylikmi, boshqa shaharlarga boramizmi? Jamoa tarqab ketadi-ku.
Mayli, turistlarga joy kerak, bilamiz, turistik shahar ham kerak, ammo “Ark”dan boshlab to “Labi Hovuz”gacha turistik shaharcha bor-ku”, deydi u.
Bundan tashqari, u hududda Motamsaro ona haykali joylashgani, yashil makon doirasida 1500ta qimmatbaho daraxt ekilganiga urg‘u bergan.
“Bular nima bo‘ladi? Hamma narsani yiqitmoqchimisizlar?
Shuncha murabbiy chempionlarni tayyorlayapti, qancha paralampiyachilar, chempionlar bor. Bizni sportdan mahrum qilmoqchimisiz? Hamma sharoit turistlarga, o‘zimizning xalq-chi, yoshlar-chi? Shuncha yoshlarimiz, chempionlarimiz qarab o‘tiribdi”, – deydi buxoroliklardan biri.
Yana bir murabbiy stadion 80 yillik tarixga egaligi, xalq salomatligini turistik markaz emas, stadion saqlashini aytadi.
Ta’kidlash lozim, “Buxoro” sport majmuasining katta mablag‘ sarflab ta’mirdan chiqarilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan.
Avvalroq, Oliy Majlis deputati Umida Rahmonova ham sport majmuasi buzilishiga qarshi chiqqan edi. “Hammaga qadrdon bo‘lgan joyda sayohatchi va ayrim ajnabiylar uchun shaharcha qurishmoqchi. Mahalliy aholi-chi? Afsuski, shaharda aholini sog‘lomlashtirish va yugurish yo‘lakchalari hali yetarli emas”, degandi u.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahri markazi buzilib, o‘rniga turizm markazi qurilishi haqida Kun.uz o‘z manbalariga tayanib 12 yanvar kuni xabar bergan edi.
Bu boradagi rejalar hukumat raisi o‘tkazgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan. Unga ko‘ra, yopiq qarorlar asosida tendersiz tanlangan “Enter Engineering” kompaniyasi 32,6 gektar maydonda turizm markazini quradi. Bu hududda Buxoro sport majmuasi ham joylashgan.
Tanlangan hududdagi davlat va xususiy mulkdorlarga tegishli 29 ta bino-inshoot boshqa hududga ko‘chiriladi. Ko‘chiriladigan obektlar ro‘yxatida viloyat va shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, MIB va kadastr binolari, markaziy stadion, tibbiyot instituti, 2-sonli maktab ham bor.
Turizm markazi qurilishi bilan parallel ravishda hukumat Buxoro viloyati uchun yangi ma’muriy markaz ham qurmoqchi. Bu markaz ming gektardan iborat bo‘lib, Buxoro shahridagi “Gulchorbog‘” va “Otbozor” MFYlar hududida joylashadi. Birinchi bosqichda 100 gektar maydonda yangi ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish obektlari, ko‘p qavatli turarjoylar, ko‘ngilochar maskanlar va sayilgohlar barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

12:07 / 11.04.2025