Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlariga 600 ming dollarlik maxsus uskunalar sovg‘a qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlariga umumiy qiymati 600 ming dollarlik 225 dona «FLIR» infraqizil monokulyar uskuna taqdim etdi. Uskunalarni AQSh elchisi Jonatan Henikdan DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib oldi.

Foto: KUN.UZ
Ma’lum qilinishicha, ushbu kuzatuv uskunalari AQSh davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilingan. AQSh tarafi bu xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatgan 3 million dollarlik yordamning bir qismi bir qismi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Jonatan Henik kelajakda O‘zbekiston bilan hamkorlikda bu kabi ko‘plab yordam dasturlari amalga oshirilishini qayd etdi.
2022 yil noyabr oyida AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar mashinalarni hadya qilgan edi. «Hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi doirasida taqdim etilgan texnikalarning qiymati 2,8 million dollarga baholangan.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56