O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirishga yapon kompaniyalari jalb qilinadi
O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasida Yaponiyaning Tokiwa Phytochemical Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Jin Tatsuzaki bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: urmon.uz
Uchrashuv chog‘ida yapon tomoniga O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni zamonaviy sharoitlarda qayta ishlab chiqarish imkoniyatlari, bu sohada investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Jin Tatsuzaki bugungi kunda Yaponiya dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish bozorini diversifikatsiya qilish maqsadida ko‘plab yapon ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi turdosh korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Tokiwa Phytochemical Co. Ltd kompaniyasi prezidenti qizilmiya ekstraktini ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik korxonalar vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonga amaliy safarini amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Safar davomida O‘zbekistondagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan Orolbo‘yi mintaqasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha akademik hamkorlik o‘rnatish borasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmoqda», dedi u.
Muzokaralar natijasida rejalashtirilayotgan safarni samarali tashkil etish, safar kun tartibini batafsil ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston tegishli tashkilotlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

22:43 / 15.04.2025