Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, Rossiyaga millionlab mikrochiplar yetkazib bermoqda – OAV
Niderlandiyaning ikkita kompaniyasi urush davom etayotgan pallada Rossiyaga millionlab chiplarni yetkazgan bo‘lishi mumkin.

Foto: NOS/Harm Kersten
Rossiya sanksiyalarga qaramay, Niderlandiya kompaniyalaridan mikrochiplar sotib olishda davom etmoqda. Buni NOS agentligi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv natijalari tasdiqladi.
«Keskin sanksiyalarga qaramay, Niderlandiya kompaniyalarining mikrochiplari hali ham Rossiyaga yetkazilmoqda. Gap Ukraina bosqini boshlangan vaqtdan dekabrgacha bo‘lgan davrda yetkazilgan millionlab dona mikrochiplar haqida ketmoqda», deb yozdi gazeta.
Ochiq savdo ma’lumotlari va maxfiy hujjatlarni o‘rganib, shuningdek, ushbu operatsiyalarda ishtirok etayotgan kompaniya vakillari va ekspertlar bilan suhbatdan so‘ng, jurnalistlar yetkazib berish qanday amalga oshirilganini aniqladilar.
Ushbu sxema Xitoy kompaniyalarining kichik guruhi orqali amalga oshirilmoqda, ular chiplarni Niderlandiyadan sotib olib, keyin Rossiyaga qayta sotmoqda.
«Sanksiyalar kuchaytirilganiga qaramay, so‘nggi oylarda eksportda pasayish kuzatilmadi», deyiladi maqolada.
Aytilishicha, Rossiya Niderlandiyaning ikkita yirik - NXP va Nexperia kompaniyalaridan chip olmoqda. NXP chiplari yaqinda Ukrainadagi jang maydonidan topilgan.
Ushbu kompaniya vakillari o‘z mijozlarini sinchkovlik bilan tekshirib ko‘rayotganini va o‘z mahsulotlari qanday qilib ruslar qo‘liga tushib qolganini bilmasligini ta’kidlagan.
Avvalroq, neft embargosiga qaramay, Rossiya o‘z neft mahsulotlarini Yevropaga yetkazib berayotgani, bunda tashuvchilar sanksiyalardagi bo‘shliqdan foydalanayotgani haqida xabar berilgan edi.
AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya va BAA ham Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘maklashmoqda.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

16:14
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49