ISW: Rossiya g‘arb tanklari Kiyevga yetkazib berilishini kechiktirishga urinyapti
Rossiya yana «aniq strategik maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida axborot kampaniyalarini o‘tkazishga» va bu kampaniyalarni jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatlarini yumshatishga moslashtirishga qodir, deb yozadi AQSh Urushni o‘rganish instituti (Institute for the study of war, ISW) yangi sharhida.

Foto: Eckehard Schulz / IMAGO
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskva Kiyevning jang maydonida tashabbusni saqlab qolishi, hujumga tayyorgarlik ko‘rishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, G‘arbni Ukrainaning qarshi hujum harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan qaytarish uchun hujum operatsiyalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida axborot maydonini shakllantirmoqda.
«Endi ma’lum bo‘ldiki, Rossiyaning tinchlik muzokaralariga qaratilgan va 2022 yil dekabrida kuchaygan axborot kampaniyasi, jumladan, Ukrainaning mexanizatsiyalashgan qarshi hujumlarini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan g‘arb tanklari va boshqa zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashni kechiktirishga qaratilgan», - deb ta’kidlaydi ISW ekspertlari.
Ularning qayd etishicha, bu - Rossiyaning rejalashtirilgan hujumi uchun o‘ziga xos niqob.
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

08:37