Shavkat Mirziyoyev Qohiraga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

16:25 / 17.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025