Toshkentda yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytda 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketdi
Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

Foto: Bosh prokuratura
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi axborot-tahliliy media markazi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 mart kuni soat 11:50 atrofida Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketgan.
Kompaniya xabariga ko‘ra, tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilib, voqea sabablarini o‘rganish boshlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati poyezd Qo‘qon — To‘qimachi — Aris (Qozog‘iston) yo‘nalishidagi yuk poyezdi tarkibida jami 51 ta har xil turdagi bo‘sh vagonlar bilan harakatlangan. Holat ortidan tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.
Voqea joyida tergov-tezkor guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:00 / 11.04.2025
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025