O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES-1 loyihasini muhokama qildi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: kabar.kg
Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika vazirlari Taalaybek Ibrayev va Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Jandos Nurmaganbetov va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, shuningdek, quyi tashkilotlarning mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Tomonlar «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar va hamkorlikning asosiy tamoyillari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirishga tayyorlashning asosiy bosqichlari kelishib olindi va navbatdagi yig‘ilishni shu oy oxirigacha o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

13:38 / 28.03.2025