Shols XJSning Putin bo‘yicha orderi haqida: Hech kim qonundan ustun emas

Foto: Reuters
Germaniya federal kansleri Olaf Shols Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berilganini olqishladi.
«Hech kim huquq va qonundan ustun turolmaydi», dedi Shols 18 mart kuni Tokioga tashrifi chog‘ida.
Xalqaro jinoiy sud «maqsadlari xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadigan muhim institut hisoblanadi», deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Haagadagi sudning Vladimir Putinni hibsga olish haqidagi qarorini «aybdorlarni javobgarlikka tortish» jarayonining boshlanishi deb atagandi.
Haagadagi Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «bolalarni Ukrainadan Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilish va Rossiyaga yuborish harbiy jinoyati uchun» hibsga olishga order berish haqidagi qarori «aybdorlarni javobgarlikka tortish jarayonining boshlanishi», dedi 17 mart kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel. «Jazosizlik bo‘lishi mumkin emas», deb yozdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Twitter'da.
«Kimki Putin kabi qonli urushni qo‘zg‘atsa, u uchun sud oldida javob berishi kerak», - dedi Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) guruhiga bergan intervyusida Germaniya adliya vaziri Marko Bushman. Bushman XJSning Putinni hibsga olish haqidagi orderini «qat’iyatning muhim belgisi» deb atadi va «izchil jinoiy ta’qib uchun maxsus tribunal yaratish» haqida o‘ylashga chaqirdi.
Kiyev ham XJS qarorini ijobiy baholadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy suddagi ish haqiqiy istiqbolga ega.
Mavzuga oid

21:16 / 21.06.2025
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin

23:24 / 20.06.2025
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi

21:34 / 20.06.2025
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi

13:25 / 19.06.2025