Jarimalar bo‘yicha chegirma 50 foizgacha oshirildi
1 maydan boshlab, huquqbuzarlik uchun tuzilgan jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Bu chegirmalar sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga ham taalluqli bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning 23 mart kuni imzolangan qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.
O‘zA xabarida aytilishicha, yangi tartibga ko‘ra:
- huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini;
- 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi (1 maygacha amalda bo‘ladigan) tartibga asosan, 15 kun ichida to‘langan jarimalarga chegirma miqdori 30 foiz deb belgilangan.
Mavzuga oid

11:00 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025