Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi
Qaror Saudi Aramco neft va gaz kompaniyasining Xitoyga ko‘p milliard dollarlik sarmoyasini oshirish haqidagi e’lonidan keyin qabul qilindi.

Foto: REUTERS/Huseyin Aldemir
Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) muloqot bo‘yicha hamkori maqomini olish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.
Saudiya matbuot agentligining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud raislik qilgan.
Saudiya Arabistonining ShHT a’zosi bo‘lishi XXR raisi Si Jinpingning o‘tgan yilning dekabr oyida mamlakatga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan edi. Muloqot bo‘yicha hamkor maqomi qirollikka o‘rta muddatli istiqbolda tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lishdan oldingi birinchi qadam hisoblanadi.
Qaror Saudi Aramco neft va gaz kompaniyasining Xitoyga ko‘p milliard dollarlik sarmoyasini oshirish haqidagi e’lonidan keyin qabul qilindi. Mamlakat shimoli-sharqida Xitoy bilan hamkorlikda neftni qayta ishlash zavodi va neft-kimyo qo‘shma korxonasini qurish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ShHT a’zosi hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega.
2022 yil 16 sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan muloqot bo‘yicha sheriklik memorandumi imzolangan, shuningdek, Bahrayn, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma va Birlashgan Arab Amirliklariga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish jarayoni ishga tushirilgan edi.
Mavzuga oid

23:24 / 02.08.2025
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi

22:14 / 02.08.2025
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025