Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istonga mahkumlarni tashishga mo‘ljallangan maxsus vagonlar yubordi

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarilgan maxsus vagonlar Qozog‘istonga yuborildi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» xabar bermoqda.
Buyurtma bo‘yicha «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan 8 dona 61-942 rusumidagi maxsus kontingentlarni tashish uchun mo‘ljallangan yangi maxsus vagonlar MDH davlatlari temiryo‘llarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur vagonlar TR TS 001/2011 texnik reglamentining barcha talablariga to‘liq javob beradi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega. Qozog‘iston Milliy gvardiyasi texnik shartlariga asosan «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi» rahbariyati boshchiligida hamda yetakchi mutaxassislar normativ hujjatlariga asoslangan loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsus vagonlar Ostona shahriga yetkazib berildi va buyurtmachiga topshirildi.
Ta’kidlanishicha, vagonlar dizayni o‘ziga xos bo‘lib, qo‘shimcha zamonaviy jihozlarni o‘z ichiga oladi. Havoni mo‘’tadillashtirish tizimi, ichimlik suvi va havoni dezinfeksiyalash uskunasi, ekologik toza biohojatxona, videokuzatuv moslamasi, eshiklar holati to‘g‘risida signal beruvchi qurilma va boshqalar o‘rnatilgan.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida yangi maxsus vagonlarini ishlab chiqarish loyihalari ham ko‘rib chiqilyapti.
Mavzuga oid

15:17 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida 450 metrli tunnel aniqlandi

18:58 / 21.07.2025