“Eng alam qilgani kottejlar qurilishiga chiqqanimiz edi” - namanganlik o‘qituvchi
Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 38-maktab o‘qituvchisi Dilfuza Yo‘ldosheva ta’lim sohasida ishlab paxta chopiq, paxta terimdan tortib ko‘cha supurishgacha chiqishga majbur bo‘lgan kezlarini so‘zlab berdi.
Suhbatdoshimiz ish faoliyatining ilk kunlaridan dalaga chiqqani, o‘qituvchidek insonlarga ziyo ulashishi kerak bo‘lgan kasb egalari ta’lim bir chetda qolib, qishloq xo‘jaligida qora ishchiga aylanib qolganini xotirladi.
Uning aytishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini paxta dalalarida yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ora-orada ismlarini aytib chaqirib turishgan. O‘qituvchilar sovuq kunlar tushishiga qaramasdan, dalalarda paxta tugagan bo‘lsa-da, terimdan qaytarilmay, dalalarda qolib ishlashgan.
Suhbatdoshimizga eng alam qilgan jihati, o‘qituvchilar tijoriy maqsadda qurilayotgan kottejlarga chiqib ishlashga majbur qilingani bo‘lgan. U o‘sha kunlarni alam bilan eslashini ta’kidlaydi.
Dilfuza Yo‘ldosheva ishlayotgan maktab hozirda to‘liq ta’mirdan chiqarilgan. Qahramonimiz bugun maktabga faqat ta’lim berish, bolajonlarni yetuk bilim egasi qilib tarbiyalash o‘yi bilan keladi. Oldiga qo‘ygan maqsadlari esa – o‘quvchilari O‘zbekistonda va jahonda yuqori natijalariga erishishini ko‘rish.
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

12:23 / 13.03.2025