O‘zbekiston | 11:39 / 30.04.2023
7684
2 daqiqa o‘qiladi

O‘n ming nafarga yaqin mahkum ovoz berish huquqidan foydalanadi - IIV

Qamoqda yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 9 679 nafar mahbus ovoz berishi uchun 18 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan.

Foto: Videodan kadr

Bugungi referendumda uncha og‘ir yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganliklari uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari referendum uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, referendumni xavfsiz sharoitda o‘tkazish uchun ichki ishlar organlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Respublika bo‘ylab referendum uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlashga 30 954 nafar huquq tartibot idoralari vakillari jalb etilgan. Ular aloqa va transport vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.

Bekmurod Abdullayevga ko‘ra, referendumga 60 kun qolganda qamoqda va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning ovoz berishi uchun 18 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan. Mazkur referendum jarayonlarida kuzatuvchilar va OAV vakillari ishtirok etish huquqiga ega hamda ular to‘siqsiz ichkariga qo‘yilmoqda.

Mavzuga oid