Xorazmda Spark daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
Katta tezlikda harakatlanish baxtsiz hodisaga olib keldi.

Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati, Urganch shahrida Spark yuqori tezlikda harakatlanib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa 30 aprel kuni «Obi hayot» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 27 yoshli fuqaro Spark avtomobilini Al-Beruniy ko‘chasida katta tezlikda boshqargan. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan. Oqibatda avtomobil ichidagi 39 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, 1 may kungi holatga Urganch shahrida 14 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Unda 2 fuqaro halok bo‘lgan, 12 nafari jarohatlangan.
Mavzuga oid

14:22
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025