Rossiya TIV O‘zbekistonda Rossiya dizayni bo‘yicha AES qurish kelishuvi deyarli tayyor ekanini ma’lum qildi

Foto: Xasan Paydoyev
O‘zbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bosh shartnomaning asosiy shartlari to‘g‘risidagi kelishuv tayyor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining dushanba kuni tarqatgan xabarida aytiladi, deb yozadi TASS.
«Ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi - energetika. O‘zbekiston hududida Rossiya loyihasidagi atom elektr stansiyasini qurish iqtisodiy munosabatlarimizning eng muhim loyihasidir. Bosh shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv yuqori darajada tayyor», — deyiladi diplomatik idora xabarida.
Dushanba kuni Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov muzokara o‘tkazadi.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

21:26 / 15.04.2025