Turkiyada saylovning ikkinchi turi boshlandi
Tomonlarning g‘alaba uchun imkoniyatlari teng baholanmoqda.

Foto: Reuters
Turkiyada mamlakat prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turi boshlandi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da ochildi va soat 17:00 ga (Toshkent vaqti bilan soat 19:00) qadar ishlaydi.
«Anadolu» ma’lumotiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Jami aholidan 64 million kishi ovoz berish huquqiga ega hisoblanadi.
Ovoz berishning birinchi turi 14 may kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an g‘alabaga erisha olmagan va 49,51 foiz ovoz to‘plagandi. Erdo‘g‘anning asosiy raqibi, muxolifatchilarning yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz ovoz to‘plagan.
Uchinchi o‘rinni 5,17 foiz ovoz bilan «OTA ittifoqi» partiyalar blokidan nomzod etib ko‘rsatilgan Sinan O‘g‘an egallagandi. U tarafdorlarini ikkinchi turda Erdo‘g‘an uchun ovoz berishga chaqirdi. Shu tariqa, amaldagi prezidentda g‘alaba uchun imkoniyat ko‘tarildi.
Politico nashri tomonidan tahlil qilingan so‘rovlar ko‘rsatishicha, ikki nomzodda ham g‘alaba uchun imkoniyatlar qariyb teng. Shu bilan birga, Turkiyadagi qator kompaniyalar o‘tkazgan so‘rovlarda amaldagi prezident ustunlik qilgan.
Turkiya markaziy saylov komissiyasi yakshanba kuni soat 21:00 ga qadar dastlabki natijalarni e’lon qilishni taqiqlagan.
Mavzuga oid

09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi

14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi

16:31 / 30.04.2025
O‘zbekiston bo‘yicha 1 may kunidan mahalla raislari saylovlari boshlanadi

12:20 / 29.04.2025