Polsha 1 iyundan Rossiya va Belarus yuk mashinalari uchun chegarasini yopdi
Belarus yoki Rossiya hududida ro‘yxatga olingan yuk avtomobillari, tyagachlar, tirkamalar, shu jumladan yarimtirkamalar, avtopoyezdlar chegaradan o‘tkazilmaydi.

Foto: Krzysztof Radzki / East News
Polsha Rossiya va Belarus raqamlariga ega yuk mashinalarining o‘z chegarasidan o‘tishini to‘xtatdi. Bu haqda 29 may kuni mahalliy RMF 24 radiostansiyasi ichki ishlar vaziri buyrug‘iga tayanib xabar berdi. Yangi qoidalar 1 iyundan boshlab keyingi ogohlantirishgacha amal qiladi.
«Belarus Respublikasi bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatga olingan yuk avtomobillari, tyagachlar, tirkamalar, shu jumladan yarimtirkamalar, avtopoyezdlar harakati to‘xtatiladi», deyiladi xabarda.
Polsha nashrining xabar berishicha, ba’zi Belarus kompaniyalari bunday ssenariyga tayyorgarlik ko‘rishgan va Polshada qayta ro‘yxatdan o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq hukumat matbuot kotibi Piter Myuller so‘zlariga ko‘ra, «rejimlarga aloqador» kompaniyalar xavfsizlik xizmatlari nazorati ostida.
«Buning uchun zarur vositalar, jumladan, sanksiyalar ro‘yxati mavjud, chunki bu ro‘yxatga Polshadagi tashkilotlar ham kirishi mumkin», dedi hukumat vakili.
Mavzuga oid

00:28
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

21:24 / 09.06.2025
“Urushga borishni xohlamaganlarni otib tashlashdi” – “Vagner”ga yollangan yigit hikoyasi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:20 / 09.06.2025