Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinoz tumanida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi
Transport prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolgani aniqlangan.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida ayol ikkiga bo‘linib ketgani aks etgan video tarqalgan.
Transport prokuraturasi ma’lum qilishicha, 4 iyun kuni soat 06:20 da Xovos—Toshkent yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi Chinoz—Olmazor bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan vaqtida 1987 yilda tug‘ilgan ayol M.S.ni urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:00
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

19:19 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

20:35 / 28.07.2025