Qo‘qon shahri bozorida katta yong‘in chiqdi
Yong‘in soat 19:17 da boshlangan, uni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.
12 iyun kuni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Baynalmilal ko‘chasida joylashgan «Buyuk ipak yo‘li» savdo majmuasi hududidagi do‘kon rastalarida yong‘in chiqqan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
«10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», deyiladi dastlabki xabarda.
FVV soat 20:37 da bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berdi.
«Yong‘in qurshab olindi, ayni vaqtda yong‘inni batamom o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:57 / 13.06.2025
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

13:46 / 10.06.2025