BMT dezinformatsiya va diskriminatsiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

Foto: RIA Novosti
BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan bag‘rikenglik, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjatda BMTga a’zo davlatlar bir-biri bilan tinch-totuv yashashga intilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-humanitar xarakterdagi muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik zarurligini tasdiqlagani ta’kidlangan.
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik kengashini barcha mintaqalarda qurolli mojarolarning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga chaqiradi.
Rezolyutsiyani qabul qilgan Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 ta davlat nafrat va dezinformatsiya, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatiladigan zo‘ravonliklardan chuqur tashvish bildirdi.
Hujjat barcha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni irqi, millati, jinsi, dini va tiliga ko‘ra kamsitish oqibatida yuzaga keladigan zo‘ravonlik, nafrat, ekstremizmni ochiq qoralashga chaqiradi.
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025