O‘zbekiston | 08:44 / 21.06.2023
12829
2 daqiqa o‘qiladi

Imtiyozli shartda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlar va kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda mazkur ro‘yxatlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjatda aytilishicha, amaldagi imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatlariga 27 yil davomida bir necha marotaba o‘zgartirishlar kiritilgan.

Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda mazkur ro‘yxatlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi 3 ta ilovadan iborat bo‘lib, shundan birinchi ilovasi imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatidan iborat.  

Qaror loyihasi bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1-, 2-, 3-sonli ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi hamda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi qabul qilinishi natijasida:

imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatlari davlat tilida qabul qilinishiga;

amaldagi normativ hujjatlardan yuqori kuchga ega bo‘lgan hujjat amaliyotga tatbiq qilinishiga;

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar ro‘yxati hamda ushbu lavozimlarda ishlagan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishiga;

fuqarolarning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini amalga oshirilishida ortiqcha ovoragarchiliklar oldini olishga erishiladi. 

Mavzuga oid