Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi
Bolaning otasi uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. Tuman FVB qutqaruvchini tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirladi.

Foto: Videodan kadr
20 iyun kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda oqib ketayotgan qizchani qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Qiz yashaydigan xonadon hovlisidan katta ariq oqib o‘tgan. Qizcha ariq bo‘yida o‘ynab, suvga tushib ketgan va hushsiz holda taxminan 200 metr masofaga oqib borganida yo‘ldan o‘tib ketayotgan 18 yoshli yigit uni qutqarib qolgan.
«Ariqqa qarab ketayotgandim, qizni ko‘rib, zudlik bilan suvga tushib, uni olib chiqdim. Orqasini o‘girib, belini ishqaladim va ichidagi suvini chiqarib tashladim. Shundan so‘ng, qizni shifoxonaga olib bordik», deydi qizaloqni qutqarib qolgan yigit.
Qizning otasining aytishicha, u uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan.
«Qarasam, qizim yo‘q. Ariq bo‘yiga yugurib borib, ko‘rsam beton ho‘l ekan. Shundan ariqqa tushib ketganini tushundim. Yetib kelgunimcha, qo‘shni bola qutqarib qolibdi. Rahmat shu mahalladagilarga. Shifoxonaga olib borib, ikki soatlik shifokor ko‘rigidan so‘ng, qizim o‘ynab-kulib chiqib keldi», — deydi qizning otasi.
Qizni qutqarib qolgan Yusufbek Tojiboyevga tuman FVB xodimlari tomonidan tashakkurnoma va sovg‘a topshirilgan.

Mavzuga oid

10:57 / 28.07.2025
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

23:11 / 23.07.2025
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi

12:23 / 23.07.2025
Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi

10:35 / 28.06.2025